Ukraina madaniyat vaziri Yevgeniy Nişçuk "Yevrovideniye-2016" tanlovi ğolibi Jamala Ukraina hukumati tomonidan "Ukraina xalq artisti" unvoni bilan mukofotlanişini ma'lum qildi.

"Hamkasblar bilan gaplaşib oldik. Madaniyat vazirligi tomondan Jamala xalq artisti unvoni olişi uçun hujjatlarni tayyorlamoqdamiz. Çunki, kim bunday mukofotlarga qanday munosabatda bölmasin, bu davlat tomonidan kiçkina, ramziy maqtov bölsa ham, biroq juda yoqimli minnatdorçilikdir!", deb yozdi vazir feysbukdaşi sahifasida. 

Şvetsiya poytaxti Stokgolmda bölib ötgan "Yevrovideniye" tanlovi 15 mayga ötar keçasi yakunlandi. Ukrainalik qöşiqçi Jamala "1944" deb nomlangan qöşiği bilan tanlov ğolibi böldi. 2-örinni avstraliyalik Demi Im, 3-örinni rossiyalik Sergey Lazarev egalladi. 

Jamala Ukrainaga 15 may kuni keçki payt kelişi kutilmoqda.