Sankt-Peterburgning "Zenit" va Moskvaning "Lokomotiv" jamoalari örtasida Rossiya çempionatining 29-turida keçgan uçraşuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Sankt-Peterburgda keçgan bu uçraşuvda hisob 10-daqiqada "Zenit" hujumçisi Xalk tomonidan penalti zarbasining aniq amalga oşirilişi orqali oçildi. "Lokomotiv" jamoasi ham birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda penalti tepiş imkoniga ega böldi va nuqtaga yaqinlaşgan Aleksandr Samedov aniq harakat qilib, hisobni tenglaştirdi.

Öyinda şu hisob saqlanib qoldi. Endilikda piterliklar 56 oçko bilan turnir jadvalining uçinçi örnida qolmoqda, "Lokomotiv" esa oçkolari sonini 47taga yetkazib, oltinçi öringa joylaşgan.

Oxirgi turda, 21 may kuni "Zenit" Moskvada mahalliy "Dinamo" jamoasiga qarşi öynaydi,  "Lokomotiv"ni esa Saranskning "Mordoviya" jamoasiga qarşi bahs kutmoqda.

Piterliklar yarim himoyaçisi Aksel Vitsel va hujumçi Xalk oxirgi turda sariq kartoçkalari soni ortib ketgani tufayli jamoaga yordam bera olmaydi. "Lokomotiv"ning piterliklarga qarşi öyinda ikkinçi sariq kartoçkani olgan holda maydonni tark etgan futbolçisi Aleksey Mirançuk ham oxirgi turni ötkazib yuboradi.

Ayni vaqtda turnir jadvalida 28 uçraşuvdan keyin 59 oçko yiqqan TsSKA jamoasi peşqadamlik qilmoqda. Ikkinçi örinda "Rostov" 57 oçko bilan joylaşgan. Bu jamoalar 29-turni mos ravişda "Krasnodar" va "Ural"ga qarşi ötkazişadi. TsSKA keyingi ikki uçraşuvda mağlubiyatga uçragan taqdirida ham "Zenit" bu jamoadan töplar nisbatidagi farqlar tufayli özib keta olmaydi.