BMT kotibiyati Liviyaga öz missiyasi himoyasi uçun harbiy xizmatçilarni jönatiş imkoniyatini örganib çiqmoqda. Bu haqida BMT boş kotibi rasmiy vakilining örinbosari Farxon Xaq ma'lum qildi. 

"Hozirda biz turli variantlarni, şu jumladan qöriqlaş bölimi imkoniyatlarni, yana bir bor ta'kidlayman - imkoniyatlarini örganib çiqmoqdamiz. Bu bizning xodimlarimiz öz vazifalarini bajarişi uçun Tripolidagi BMTLHM obektlari xavfsizligini ta'minlaşning bir yölidir", - dedi Haq.

Qöriqlaş bölimida neça kişi xizmat körsatişi töğrisidagi savolga u "turli variantlar örganib çiqilayotgani"ni ta'kidladi.

"Hozirça aniq bir qarorga kelganimiz yöq",- qöşimça qildi u. 

Tripoliga BMT missiyasining qaytarilişi haqida boş kotibning maxsus vakili Martin Kobler ma'lum qilgan edi. Haqning aytişiça, poytaxtda "kam sonli xalqaro xodimlar" faoliyat körsatmoqda. Dam oliş kunlari ular mamlakatni tark etişadi.

15 may kuni Italiyaning Corriere della Sera gazetasi BMTning Liviyadagi missiyasi nepallik harbiy xizmatçilar tomonidan kuçaytirilişi haqida ma'lum qilgan. 

Nepal BMT missiyalari uçun askar yetkazib beruvçi asosiy mamlakat hisoblanadi. Mamlakat Butunjahon taşkiloti tasarrufiga 5000 nafargaça harbiy askar yetkazib berişni öz zimmasiga olgan. Sönggi ma'lumotlarga köra, BMT dunyoning turli qismlaridagi operatsiyalariga uşbu Osiyo davlatidan 4,4 ming zobit jalb qilingan.