Britaniyalik ekspertlar Airbus operatsion tizimi sozlamalarini qölda özgartirişga harakat qilganda topgan xatosi ötgan yilning iyunida Belfast aeroportidagi yoqimsiz hodisaga sabab bölgan. Bu xulosa Britaniyaning havo halokatlarini örganuvçi bölimi tomonidan bildirilgan. Bu haqida MarketWatch xabar qildi.
Öşanda easyJet kompaniyasining Airbus A319 samolyoti 161 nafar yölovçisi bilan qöniş maydonidan taşqariga çiqib ketişiga bir baxya qolgandi.
Havo kemasi uçuvçilari bort hujjatlarining kompyuterlaştirilgan elektron tizimi sozlamasini beixtiyor özgartirib yuborişdi, samolyot havoga kötarilgandan keyingina buni anglab yetişgan. Tergov xulosasida uçuvçilarga bort hujjatlari tizimiga kiritilgan ma'lumotlarni qayta tekşirib çiqiş maslahat qilinadi. Ma'ruzada ta'kidlanişiça, Airbus qurilmada uçuvçilar tomonidan notöğri ma'lumotlar kiritilişining oldini oluvçi özgartirişlar kiritgan. Şunday yangilaniş Belfastdagi hodisadan biroz avval işlab çiqilgandi, biroq easyJet dasturni yangilamagan va Airbus'ning ma'lumotlar kiritiş qoidalariga doir yöriqnomasiga rioya qilmagan.
Airbus va easyJet hodisani töliq örganib çiqib, ekspertlarning xulosasini tasdiqlaşdi hamda bunday holat takrorlanmasligi uçun barça çoralarni körişga va'da berişdi.







