Çikago huquq-tartibot muassasalari xodimlari irlandiyalik qöşiqçi va bastakor Şineyd ÖKonnorni qidirişni boşlaşganini ma'lum qilişdi.

Politsiyaçilarning aytişiça, qöşiqçi 15 may kuni soat 06:00 atrofida Çikago yaqinidagi Uilmett degan joydan velosipedda sayrga çiqib ketgan va ayni paytgaça qaytib kelmagan.   

Politsiyaga qöşiqçining yöqolgani haqida xabar tuşgan. Qönğiroq qilgan odam uning soğ-salomatligidan xavotir bildirgan. Guvohlarning aytişiça, qöşiqçi sayr uçun möljallangan kiyimda bölmagan. Uning ustida qora kurtka, qora çarm şim va sviter bölgan.   

Şineyd ÖKonnor 49 yoşda bölib, uning maşhur bölişiga köp jihatdan Prinsning Nothing Compares 2 You qöşiği kömak bergan.