Internetda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning Ukrainadagi maktablardan biriga taşrifidan olingan surat çop etildi. Suratdan körinişiça, prezident informatika darsiga kirgan.
Uning atrofida esa öquvçilar ötiribdi, biroq nimagadir ularning noutbuklari öçirilgan, bolalarning özi esa sellofan plaşlar kiyib olgan holatda ekanliklarini köriş mumkin. Suratni ukrainalik jurnalist Yuliya Savostina ijtimoiy tarmoqda çop etdi. Surat foydalanuvçilar orasida keng muhokamaga sabab böldi.
Ba'zilar öquvçilarga açinişdi. Boşqalar esa kinoyali tarzda bolalar kelgan mehmonlardan ifloslanib qolmasliklari uçun şunday kiyimda ötirişganlarini, yana boşqalari esa keyingi gal bolalarga folgadan şapkaça va plaşlar kiygazib qöyişni taklif qilişdi.
"Balki bu atom stansiyasidagi oçiq darsdir. Belgaça keladigan baxilalar kiyib olingan", deb kesatiq bilan yozdi yana bir foydalanuvçi.







