Turli rusumdagi avtomobillarga özgartirişlar kiritiş bilan şuğullanadigan Italiyaning Garage Italia Customs atelesi, BMW kompaniyasining uşbu mamlakatdagi şoxobçasi bilan hamkorlikda i8 sport gibridining maxsus modifikatsiyasini işlab çiqdi. Futurism Edition deya nomlangan maşina maşhur nemis markasining Italiya bozoriga kirib kelganiga 50 yil tölişi munosabati bilan işlab çiqilgan.
BMW i8 kuzoviga yopiştirilgan tasvirlar 1909 yilda italyan rassomi Jakomo Balla tomonidan çizilgan "Köça fonari" suratini yodga soladi. Hozirda, kartina Nyu-Yorkdagi Zamonaviy san'at muzeyida namoyiş etilmoqda.

Xabar qilinişiça, maşinaning kuç agregatiga özgartiriş kiritilmagan. BMW i8 1,5 litrlik benzinli turbomotor bilan jihozlanadi. U 231 ot kuçini beradi. Bundan taşqari, 131 ot kuçiga ega bölgan elektrodvigatel ham örnatilgan. Ikkala motor 6 diapazonli avtomat uzatmalar qutisi yordamida maşinani harakatga keltiradi. Avtomobil 4,4 soniyada 100 km. tezlikka erişa oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni taşkil etadi.
Garage Italia Customs tyuning atelesi Fiat kompaniyasining sobiq marketologi Lapo Elkann va italyan kompaniyasini nazorat qiluvçi Anellilar oilasiga tegişlidir.









