«Fuqarolik taşabbuslari qömitasi» rahbari, sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Rossiya prezidenti qoşidagi «Tuzilmaviy islohotlar va barqaror iqtisodiy ösiş ustivorliklari» nomi ostidagi iqtisodiy kengaşning işçi guruhi rahbari etib tayinlandi. Bu qaror matni huquqiy xabarlar portalida e'lon qilingan.

Işçi guruh tarkibidan hukumat apparati rahbarining birinçi örinbosari Maksim Akimov, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi rahbari örinbosari Aleksey Vedev, «Sberbank» rahbari German Gref, Moliya vaziri örinbosari Maksim Oreşkin, Rossiya banki raisining birinçi örinbosari Kseniya Yudayeva, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi qoşidagi Butunrossiya taşqi savdo akademiyasining ilmiy-amaliy işlar böyiça prorektori Pavel Kadoçnikov va boşqalar kirişgan.

Uşbu işçi guruhning asosiy vazifalari iqtisodiy sohadagi dolzarb muammolar bilan şuğullaniş, tuzilmaviy islohotlar orqali iqtisodiy ösişni ta'minlaş, Rossiya iqtisodiy rivojlanişi holatini örganib, tahlil qilib, alohida sohalar uçun samaradorlikni közda tutuvçi takliflar işlab çiqiş va boşqalar hisoblanadi.