«Özbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati sohaning eksport salohiyatini oşiriş va uşbu yönalişdagi öquv muassasalari bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaşga bağişlangan matbuot anjumani ötkazdi. Unda aksiyadorlik jamiyatining yetakçi mutaxassislari, tarmoq korxonalari, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti vakillari iştirok etdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Joriy yilning yanvar—mart oylarida tarmoq korxonalari tomonidan 18 turdagi yangi mahsulot işlab çiqariş özlaştirilib, 178 turdagi yengil sanoat tovarlari – 3,1 million kvadrat metr mato, 24 modeldagi 5,8 million dona tayyor tikuvçilik va trikotaj mahsulotlari işlab çiqarildi.

Işlab çiqariş körsatkiçlarining ösişi eksport hajmining kengayişi bilan boğliq. Bugungi kunda «Özbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati korxonalari mahsulotlari Yevropa, Osiyo, Şimoliy va Janubiy Amerikadagi 55 mamlakatga eksport qilinmoqda. Joriy yil birinçi çoragi yakunlariga köra, eksport qilingan mahsulotlar miqdori 206,1 million dollarga yetdi. Bu 2015 yilning şu davriga nisbatan 6,2 foiz köp. Şu yilning oxirigaça tarmoqda eksport hajmini yanada kengaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar amalga oşiriladi.

"Joriy yilda bitiruvçilarni iş bilan ta'minlaş maqsadida oliy öquv yurtimizda böş iş örinlari yarmarkasi ötkazildi. Unda tarmoqning Uztex kompaniyalar guruhi, Rieter Uzbekistan xorijiy korxonasi, «Alkim tekstil», «Nonna tekstil» kabi 50 ga yaqin korxonasi iştirok etdi. Joriy yilgi innovatsion yarmarkada institut talabalari beşta istiqbolli işlanmani namoyiş qildi", deydi Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti prorektori A.Ğulomov.