AQŞda Men ştati hududiga tuşgan yorqin samo jismi – meteorit uçun 20 ming dollar mukofot e'lon qilindi.
Meteoritning qulaşini Nyu-York, Men, Vermont, Nyu-Gempşir va Rod-Aylend ştatlarida köplab odamlar kuzata oldilar. Bundan taşqari, jismning atmosferada qoldirgan yorqin izini Vermont ştatidagi Berlington xalqaro aeroporti videokameralari ham qayd qildi.
Samo jismi Men ştatining örmonli hududlariga tuşgani taxmin qilinmoqda. Mahalliy ma'danşunoslik muzeyi bir kilogrammdan oğirroq bölgan meteorit bölagi uçun 20 ming dollar mukofot puli e'lon qildi. Biroq meteorit qoldirgan yorqin yoğdularga qaramasdan, Vaşingtondagi Harbiy-dengiz observatoriyasi xodimlarining hisob-kitoblariga köra, jismning ölçamlari bor-yöği bir neça ön santimetrni taşkil qiladi.
Rossiyaning Çelyabinsk viloyati hududiga 2013 yil 15 fevralda tuşgan meteorit Rossiyaga oxirgi vaqtlarda tuşgan eng katta meteorit hisoblanadi. Uning Çebarkul kölidan topilgan bir bölagining özi bir neça tonnani taşkil qilgan.







