«Aston Villa» jamoasi xöjayini Rendi Lerner jamoani sotib yuboriş niyatida.

Amerikalik Lerner xitoylik biznesmenlar bilan jamoani 60 million funt evaziga sotiş borasida muzokaralar ötkazmoqda. Bu borada kelişuvga şu hafta oxirida erişilişi kutilmoqda.
Xaridorlarning nomi sir tutilmoqda, ular ayni vaqtda birminhemliklarning moliyaviy hisobotini örganib çiqişmoqda.
Jamoa yangi xöjayinlar tasarrufiga ötganidan keyin yangi boş murabbiy nomi ham ma'lum bölişi kutilmoqda.
Lerner 10 yil oldin «Aston Villa» xöjayiniga aylangandi. Joriy mavsumda jamoa ilk marta yuqori ligani tark etdi va çempionşipga tuşib ketdi. Şundan söng u jamoadan qutilişga qaror qilgan.








