Yevropa efirga uzatiş ittifoqi "Yevrovideniye-2016" tanlovi ovoz beriş natijalarini qayta körib çiqmaslikka qaror qildi. Bu haqda taşkilotning feysbukdagi sahifasida çop etilgan rasmiy xabarda aytildi.

Rasmiy xabar tanlov muxlislari ovoz beriş natijalarini qayta körib çiqiş iltimosi bildirgan arznoma 300 ming ovoz töplagandan keyin berilgan.

"Ukraina "Yevrovideniye-2016" ğolibi va şunday bölib qoladi. Siz bunga rozimisiz yoki norozimisiz, biz bu arznomani imzolaganlarni qoidalarga muvofiq haqqoniy bölgan bu natijani qabul qilişga va "Yevrovideniye"ni yanada mustahkamlaş va takomillaştiriş böyiça mazmunli suhbat davom ettirişga çaqiramiz", deb aytildi xabarda.

Eslatib ötamiz, tanlovda ukrainalik qöşiqçi Jamala ğolib böldi.