14 mayda Moskvaning Xovan qabristonidagi ommaviy muştlaşuv vaqtida halok bölgan uç nafar tojikning jasadlari Duşanbega yetkazildi. Halok bölganlarning barçasi Tojikistonning Rödun şahridan bölişgan, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

26 yoşli Suxrob Xuşaqov, 39 yoşli Inoyat Rizoyev va 42 yoşli Saynuriddin Sobirovning jasadlari Tojikiston poytaxtiga "Tajik Eyr" aviakompaniyasi reysi bilan yetkazildi. Halok bölganlarni ularning yaqinlari, Tojikiston mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Sumangul Toğözoda kutib oldilar.

Qabristondagi muştlaşuvda kamida 250 kişi iştirok etgan. Oqibatda 3 kişi halok bölgan, 30 ga yaqin kişi şifoxonaga yetkazilgan. Rossiya Tergov qömitasi rasmiy vakili Vladimir Markinning aytişiça, tergov muştlaşuvga asosiy sabab moliyaviy masalalar bölganini taxmin qilmoqda. 

Voqea yuzasidan Moskva tergovçilari "Ikki yoki undan ortiq şaxsni oldindan til biriktirib öldiriş", " noqonuniy holda qurol-aslaha saqlaş" va "bezorilik" moddalari böyiça jinoiy iş qözğatdilar.

Şuningdek, tergov muştlaşuvning kelib çiqişida qabristonning sobiq direktori Yuriy Çabuyevdan gumon qilmoqda.