Kia kompaniyasi orqa ğildiraklari yetakçi bölgan yana bir sedanining yöllarda sinaş işlarini boşladi. Ayni vaqtda, Quoris modeli kompaniyaning orqa öq vositasida harakatlanadigan yagona maşinasi edi. Test prototipining ilk suratlarini Auto Express çop etgan. Avtomobil 2017 yil boşida Detroyt avtosalonida rasman taqdim etiladi.
Xabar qilinişiça, örta ölçamdagi sport sedani özining ba'zi jihatlarini 2011 yilgi Frankfurt motorşousida namoyiş etilgan 4 eşikli GT kupesidan özlaştiradi. Yangilik original «yölbars burni» radiator qafasiga ega bölib, uning yontomonlariga yoruğlik diodlari örnatilgan.
Taxminlarga köra, Kianing yangi sedani negizida Hyundai kompaniyasining subbrendi — Genesis modellarida qöllaniladigan ortyurituvçi arxitektura yotadi. Motorlar safini 275 ot kuçiga ega, 3,3-litrli V6 va 420 ot kuçini beruvçi 5 litr hajmli V8 dvigatellari töldiradi.

Yangi model Yevropa bozoriga şuningdek, 200 ot kuçini beruvçi dizelli agregat bilan ham savdoga çiqariladi. Uning işçi hajmi 2,2 litrni taşkil etadi. Keyinçalik, modelning xöjalik elektr tarmoğidan quvvat oliş imkoniga ega gibrid namunasi ham paydo bölişi ehtimol.
Avvalroq, 2018 yili Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi yangi avlod Rio xetçbekining "kuçaytirilgan" GT-versiyasini işlab çiqişi ma'lum bölgandi. U Ford Fiesta ST bilan raqobat qilişi kutilmoqda. Maşinaga 180 ot kuçiga ega 1,6 litrli "turbotörtlik" örnatiladi.







