Sergey Lazarev yevropalik hakamlardan köngli qolgani haqida birinçi marotaba oğiz oçdi. 21ta mamlakat "Yevrovideniye" final bosqiçida rossiyalik artistga nol ball berdi. Lazarev bunday natijadan hayratga tuşganini yaşirmadi.
"21ta mamlakatning hakamlar hay'ati Rossiyaga nol ball bergani biz uçun kutilmagan holat böldi, - deya vaziyatga izoh beradi Sergey. - Holbuki, bu mamlakatlarning teletomoşabinlari bizga eng yuqori baho berişgandi. Hakamlar va tomoşabinlarning fikrlari mutlaqo qarama-qarşi bölib çiqdi. Eng qiziği, birinçi yarim finalda xuddi şu hakamlar menga ballar taqdim etişgan. Hozir bu ma'lumotlar oçiq, ularni köriş mumkin. Birinçi yarim finalda biz maksimal ball töpladik, adaşmasam 341 ball. Ikkinçi yarim finalda Avstraliya bizdan kam ballga ega böldi. Demak, ikkita yarim finalni hisobga olsak, avval boşdan Rossiya yetakçilik qilgan. Sizga ma'lumki, men siyosatning aralaşuviga qarşiman, "Yevrovideniye"da ham bu töğrisida köp gapirdim. Men juda köp intervyu berdim va ularda bu tanlovning, eng avvalo, musiqiy tanlov ekanligini ta'kidladim".
"Qandaydir bir içki tuyğu bilan hakamlar hay'atining ball uşlab qolişini oldindan sezgandim, çunki bu yil tayyorgarlik, işga yondoşuvga köra, Rossiyaning yetakçilik qilayotgani aniq va ravşan edi. Albatta, tanlov söngida bizga bunday natijani e'lon qilişga qaror qilişgani qandaydir tuşunarsiz vaziyatni yuzaga keltiradi. Men heç kimni ayblamoqçi emasman, ammo dalillar şuni körsatadi. Aynan 21ta mamlakat qöygan nollardan şunday taassurot paydo böladiki, göyoki biz sahnada heç narsa qilmagandekmiz...", - dedi Lazarev "Pryamoy efir" körsatuvida.







