Şu oyning boşida foydalanuvçi körayotgan barça narsani tasvirga oluvçi kameraga ega Sony kompaniyasining kontakt linzalari patenti tarmoqda tarqalgan edi. Bu qurilma yapon gigantining taqiladigan gadjyetlar ustida işlayotgan yagona loyihasi emasga öxşaydi. Amerikaning patentlar va mahsulot belgilarini röyxatdan ötkaziş agentligi Sony kompaniyasining yangi patentida smartfon va boşqa qurilmalarni boşqara oliş imkoniyatiga ega taqiladigan gadjyet tasvirlanganini e'lon qildi.

Devays uzuk şaklida yasalgan. Foydalanuvçi uni barmoğiga taqiş orqali imo-işoralar yordamida texnikalarni boşqara oladi.
Uzuk imkoniyatlari haqida töliq ma'lumotlar körsatilmagan, lekin suratdan şu narsa ma'lumki, barmoqdagi uzuk televizor ekranidagi kursorni boşqariş uçun işlatilmoqda.

Ta'rifga muvofiq, aksessuar içida uning joylaşinuvi va harakatini nazorat qiluvçi sensor örnatilgan. Patentda qayd etilişiça, uzuk yordamida quyidagi rasmda tasvirlangan elektron qurilmalar guruhini birdaniga boşqariş mumkin.

Sony bu kabi qurilma yaratişga qiziqiş bildirgan elektron bozordagi yagona kompaniya emas. Hozirgi kunda “aqlli” uzuklarni köplab prototiplari taqdim etilgan, biroq sotiş uçun tayyor mahsulotlar hanuzgaça mavjud emas.







