Yaponiyaning avtomobil işlab çiqaruvçi Suzuki Motor korporatsiyasi avtomobillarining yoqilği xarajatini belgilaşda qonun va joriy qoidalariga xilof iş qilgan. Kyodo axborot agentligining ma'lumotiga köra, kompaniya buni hukumat organlari oldida rasman tan olmoqçi.
Bundan avval Mitsubishi Motors korporatsiyasi avtomobillar iqtisodi haqidagi ma'lumotlarni soxtalaştirişda ayblangandi. Suzuki bunday ma'lumotlarni soxtalaştirmaganini ta'kidlamoqda. U tejamkorlik darajasini belgilaşdagi qonunbuzarlik yoqilği xarajatiga doir ma'lumotlarni soxtalaştirişga olib kelmaganiga oydinlik kiritmoqçi. Bunda avtomobillarning aniq bir rusumi haqida ma'lumot berilmagan.
Mitsubishi Motors mojarosidan söng Yaponiya hukumati şu sohadagi boşqa barça kompaniyalarga öz modellari iqtisodini qanday belgilaşlari töğrisida ma'lumot yetkazişni talab qildi. Suzuki Motor - Yaponiyada yengil avtomobillar işlab çiqaruvçi yetakçi korporatsiya. Bu toifada yoqilği iste'moli körsatkiçini kamaytirişga kuçli raqobat ketmoqda. Suzuki Motor boşqa davlatlarda ham faol iş olib bormoqda - masalan, Hindistonda bu kompaniya avtomobil bozorining 40 foizini nazorat qiladi. Şu bilan birga u kemalar uçun motorlar hamda mototsikllar işlab çiqaradi. Suzuki Motor korporatsiyasida jami 60 ming kişi faoliyat körsatadi. 2015 moliyaviy yilda uning sotuv hajmi 3 trillion iyen - taxminan 27,5 milliard dollarni taşkil etdi.







