Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon BMTning suv masalalari böyiça guruhiga 1 yil davomida rahbarlik qiladi. Bu haqda Tojikiston milliy axborot agentligi bölmiş "Xovar" xabar tarqatgan.

Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy-ijtimoiy komissiya (ESKATO)ning 72 sessiyasida taşkilotga raislik uçun Tojikiston prezidenti tavsiya etilgan.

1947 yilda taşkil qilingan taşkilot mintaqadagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan şuğullanadi.

"Ijroçi direktor Axtar Şamşod öz çiqişida Emomali Rahmonni BMTning suv resurslari böyiça guruhi rahbariga aylangani bilan tabrikladi. U Tojikistonning mintaqada suv resurslaridan omilkorlik bilan foydalanilişini yölga qöyganini ta'kidladi", deyilgan xabarda.

ESKATO tarkibiga 53ta a'zo davlat va BMT a'zosi bölmagan 9ta assotsiyalangan a'zolar kiradi.