Özbekiston Qurolli Kuçlariga Airbus Helicopters’dan AS 332 (H225) Super Puma transport vertolyotlari va AS 350 Ecureil yengil vertolyotlari xarid qilindi. Bu haqda Strategiyalar va texnologiyalar tahlili markazi (Rossiya) şafeligidagi BMPD blogida xabar berilgan.

Unda Youtube portalida fevral oxirida e'lon qilingan Özbekiston QK töğrisidagi videorolik ham ilova qilingan.

Özbekiston 2013 yilda Airbus Helicopters (öşanda Eurocopter edi) bilan öz HHK uçun harbiy foydalanişdagi umumiy qiymati 180 mln dollar atrofida bölgan sakkizta AS 332 (avvalgi H225) Super Puma transport vertolyoti va sakkizta AS 350 Ecureil yengil vertolyotini xarid qiliş böyiça şartnoma imzolagan edi.

2014 yilning yozida Airbus Helicopters AS 350 Ecureil vertolyotining 2ta noharbiy talqinini yetkazib berdi, qolgan 14 transport 2016 yilning boşiga qadar yetkazildi.

Airbus Özbekistonga aprel oyi söngida 4 dona C295W harbiy-transport samolyotlarini yetkazib beriş işlarini ham yakuniga yetkazdi.