Germaniya va Xitoy iştirokidagi FAW-Volkswagen kompaniyasi şimoliy Xitoydagi Tyantszin şahridagi avtomobilsozlik zavodini barpo etiş işlariga yirik miqdorda sarmoya kiritadi.

Sinxua agentligining xabar qilişiça, yiliga 300 ming donagaça avtomobil işlab çiqariş quvvatiga ega yangi zavod loyihasini amalga oşirişga 19,5 mlrd yuan (3 mlrd dollar) sarflanadi. 

"Tyantszin zavodi 2020 yilga kelib, FAW-Volkswagen’ning işlab çiqariş quvvatini yiliga 3 mln donagaça yetkazadi", -deb bayonot bergan Volkswagen’ning XXRdagi vakili Yoxem Xaytsman.

"Volkswagen Xitoy avtomobil bozori istiqbollariga işonadi", -degan Xaytsman.

Ayni vaqtda, FAW-Volkswagen kompaniyasi Çançun, Çendu, Foşan va Tsindao şaharlarida öz işlab çiqariş birlaşmalariga ega.