Yevrokomissiyaning odam savdosi muammolariga bağişlangan ma'ruzasiga köra, jinoyatçi guruhlar öz biznesini faollaştiriş uçun muhojirlik inqirozidan foydalanayotgan bölişi mumkin. Bu haqda The Guardian naşri xabar yozgan. 

Jinoyatçilik tizimlari natijasida minglab muhojir bolalar sotib yuborilgan bölişi mumkin. Yanvar oyida 10 ming bola Yevropaga kelgandan söng yöqolgan. Germaniya 4700 nafar bolaning yöqolganini ma'lum qildi, Şvetsiyada esa haftasiga 10 nafar qarovsiz bola ğoyib bölmoqda. 

Rasmiy ma'ruzada bildirilişiça, uyuşgan jinoyatçi guruhlar asosiy diqqatini bolalarga qaratgan. Olti oydan boşlab 10 yoşgaça bölgan bolalar 4 ming yevrodan 8 ming yevrogaça bölgan qiymatda sotilmoqda va sotib olinmoqda, ba'zi holatlarda ular 40 ming yevrogaça pullanadi. 

Rasmiy ma'lumotlarga köra, YeI hukumati 2013-2014 yillarda 15 846 nafar odam savdosi qurbonlarini qayd etgan, şu jumladan ularning 2375 nafari bolalar, biroq ma'ruza mualliflari qurbonlar soni  aslida bundan köpligiga şubha qilişmaydi. Ularning uçdan ikki qismi jinsiy qullikka topşirilgan, taxminan beşdan bir qismi majburiy mehnat bilan band, aksariyat hollarda ular qişloq xöjaligida faoliyat körsatişadi.

Bundan taşqari, qurbonlar uy qulligiga ham topşirilib, majburan sadaqa söraş bilan şuğullanişadi. 

Bundan avvalroq, 2015 yil Germaniyada 6 mingdan ortiq voyaga yetmagan qoçoqlarning yöqolgani haqida xabar berilgan edi.