Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan YeI bilan imzolangan readmissiya haqidagi bitimni ratifikatsiya qildi, u Şengen mintaqasi bilan vizalarni beor qiliş uçun zarur edi. Bu haqida TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
Bitim rasmiy hukumat axborotnomasida e'lon qilingandan söng kuçga kiradi.
Parlament tomonidan tasdiqlangan qonun YeI va Turkiya tomonidan uşbu hududlarda noqonuniy yaşovçi şaxslarning topşirilişini közda tutadi. Şuningdek, bu jarayon bilan boğliq masalalarni hal qiliş uçun readmissiya böyiça qöşma qömita tuziladi.
Mazkur bitim viza rejimining olib taşlanişi uçun asos böladi. 18 martda Bryusselda ötkazilgan Turkiya-YeI sammitida erişilgan bitimga muvofiq joriy yilning 1 iyulida vizalarni bekor qiliş közda tutilgan edi.
3 may kuni Turkiyada Şengen mintaqasidagi davlatlar uçun vizaviy çeklovlarning bekor qilinişi haqidagi qonun kuçga kirdi. Biroq qarorning matnida "Yevroittifoq Turkiya fuqarolari uçun vizani bekor qilgan vaqtdan boşlab" bunday çora körilişi qayd qilingan. Turkiya Yevropa tomonidan ilgari surilgan 72 mezondan beştasini bajarmagani tufayli YeI hozirça viza erkinligini töxtatib qöydi.
Xususan, Bryussel Anqaradan terrorizm bilan kuraş haqidagi qonunning qayta isloh qilinişini talab qilmoqda. Turkiya esa mamlakatda ösib borayotgan ekstremizm xavfi bilan faol kuraşayotgan bir paytda qayta isloh qiliş qonunçilikni yumşatişini bildirib, buni inkor etgan.
Turkiyaning YeI işlari vaziri Vulqon Bözqir YeI rahbariyati bilan bölib ötgan suhbatdan söng vizalarni bekor qiliş masalasining ijobiy hal bölişiga katta umid boğlamasligini aytdi.







