Yaponiya hukumati, 2020 yildan haydovçisiz taksilarga ruxsat beriş böyiça qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.
Boşqaruvçi va işlab çiqaruvçi kompaniyalar tomonidan bir neçta şartlar bajarilgan taqdirda, haydovçi talab qilinmaydigan va özi boşqariladigan taksilardan 2020 yili bölib ötadigan yozgi Olimpiada va Paralimpiya öyinlarida foydalaniş mumkin böladi.
Xususan, şunday taksi iştirokida sodir etilgan YTH uçun javobgarlikka transport kompaniyasi mas'ul bölişi lozim. Bundan taşqari, bu kabi taksilar yönalişga rioya etişi va zarur bölgan hollarda uni töxtatiş imkonini beruvçi masofadan boşqariş tizimi bilan jihozlanişi şart.
Hukumat mamlakat qonunçiligiga zaruriy özgartirişlar kiritiş va bunday taksilar sinovini tezlaştirişga turtki beriş niyatida.







