BMW i3 avtomobilida örnatilgan videoregistrator maşinani olib qoçgan öğrining xursandçiligini tasvirga tuşirdi. Öğri kameraning tasvirga olayotganini sezmay, mobil telefon orqali döstiga elektrokarning fazilatlari haqida hikoya qilib ketdi. Video 2016 yilning 7 fevralida yozib olingan va 11 may kuni YouTube portalida namoyiş qilingan.
Voqea Londonning şimolida sodir bölgan. Jinoyatçi köp qavatli uyning maşinalar turar joyidan elektrokarni olib qoçgan va darhol döstiga qönğiroq qilgan: "Oşna, u menda, uni boşqarib ketayapman. Men heç qaçon bunday maşinada bölmaganman! U hamma narsani ortda qoldiradi".
Şundan söng öğri maşinani olib qoçilgan joyga yaqin qöya olmasligi va uni oşnasining uyi yonida qoldirmoqçiligini aytdi. U döstini elektrokarni köriş uçun köçaga çaqirdi. Öğri şuningdek özining uyi haqida gapirib, uyerda "çetlari qayrilgan televizor" va "sabvufer" boriligini aytib maqtangan.
Politsiya maşinani topgan yoki topmagani noma'lum. Avtomobilning öğirlanişi uyuştirilgan, video esa "virusli" bölişi ham mumkin.







