Ayni paytda prezidentlik vazifasini bajarayotgan Braziliya vitse-prezidenti Mişel Temer Petrobras davlat neft korporatsiyasiga Pedro Parenteni yangi rahbar etib tayinladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qildi.

Kompaniyani 2015 yil fevral oyidan boşlab şu paytga qadar Aldemir Bendin boşqargan. Parente avval bir neça vazirlik lavozimlarini egallagan. Jumladan, Energetika vaziri, 2010-2014 yillarda esa Bunge Ltd Amerika agrokorporatsiyasining Braziliya bölinmasi rahbariyati tarkibida bölgan. 
Ayni paytda Parente BM&FBovespa SA jamğarma bozori operatori direktorlar kengaşi raisi hisoblanadi. 

Petrobras koporatsiyasi yangi rahbarining zimmasiga kompaniyani jahon bozorida neftning holati keltirib çiqargan inqirozdan olib çiqiş hamda korruptsion janjallar oqibatida yöqotilgan işonçni qayta tiklaş kabi vazifalar yuklanadi.