Rossiya va Qozoğiston maxsus xizmatlari hamkorligida Rossiyaning yirik şaharlarida "Parij ssenariysi" böyiça amalga oşirilişi rejalaştirilgan teraktlarning oldi olingan. Rossiya Federal xavfsizlik kengaşi rahbari Aleksandr Bortnikov Minskdagi yiğiliş vaqtida şu haqda ma'lum qilgan.
"2016 yilning fevralida qozoğistonlik hamkorlarimiz bilan mamlakat hududidagi şaharlar böylab "Parij ssenariysi" böyiça teraktlar uyuştirişni rejalaştirgan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöygandik", degan Bortnikov.
Uning sözlariga köra, bu guruh öz rejalarini bajarib, Suriyaga yöl olmoqçi bölgan.
Bundan taşqari, Bortnikov 2016 yilning martida Afğonistondan Qozoğiston va Rossiya hududi orqali Finlyandiya hududiga boruvçi muhojirlar oqimi tösilgani haqida axborot bergan.
U bugun röy bergan Misr samolyoti halokati haqida töxtalib, bu hodisa terakt bölişi mumkinligini istisno etmagan.
U hozirça Fransiya bilan havo qatnovi töxtatilmasligi, ammo agar Misrda bölgani kabi bu samolyot bortiga ham portlovçi modda örnatilgani aniqlansa, bu masala körib çiqilişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, 2015 yilning 31 oktabrida Sinayda Rossiya yölovçi samolyoti qulab tuşgan va 224 kişi halok bölgandi. Keyinroq, bu samolyotga Şarm-aş-Şayx aeroportida portlovçi qurilma qöyilgani ma'lum böldi va Rossiya Misr bilan aviaaloqalarni töxtatdi.







