Özbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov har yili an'anaviy tarzda Tailandda ötkaziladigan "Qirol Kubogi" (King’s Cup) turniri uçraşuvlarini boşqarib boriş uçun taklif oldi, deb xabar berdi Özbekiston futbol federatsiyasi.
Mazkur turnirda Asimovga özbekistonlik FIFA laynsmeni Alişer Usmonov yordam beradi. Bu yilgi musobaqada, özbekistonlik ikki nafar referidan taşqari, Malayziya, Singapur, Qatar şuningdek, Myanma davlatlaridan ham bir neça nafar referilar işlaydilar.
Ma'lumot örnida, bu yilgi Qirol Kubogi bahslari 3-5 iyun kunlari bölib ötadi. Ta'kidlaş joiz, mazkur turnirda mezbon – Tailanddan taşqari, BAA, Iordaniya hamda Özbekiston milliy terma jamoasining JÇ-2018 3-saralaş bosqiçidagi raqibi Suriya terma jamoalari iştirok etişadi.







