Ilgari xabar berilganidek, ayni kunlarda Koreya Respublikasi Boş vaziri Xvan Gyo An rasmiy taşrif bilan mamlakatimizda bölib turibdi.
Janubiy Koreya hukumati rahbari, öz taşrifi arafasida “Jahon” axborot agentligi muxbiri suhbatdoşi bölgan.
Taşrif dasturida boş vazir Qoraqalpoğistondagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilişi tugallanişi hamda Toşkentda Koreya madaniyati va san'ati uyi barpo etilişining boşlanişi marosimlarida iştirok etiş közda tutilgan.
“Bu loyihalar davlatlarimiz rahbarlarining katta jonbozliklari va qöllab-quvvatlaşlari tufayli muvaffaqiyat bilan voqelikka aylandi va ular ikki mamlakat örtasidagi mustahkam döstlik va özaro işonçga asoslangan munosabatlarning ajoyib namunasi hisoblanadi”, deb ta'kidladi boş vazir.
Şuni alohida ta'kidlaş joizki, diplomatiya munosabatlari örnatilgan 1992 yildan buyon ötgan davr oraliğida oliy darajada 14 ta uçraşuv bölib ötdi. Turli yönalişlarda yaqin strategik şeriklik örnatildi va mustahkamlanmoqda. Şu davr içida özaro tovaralmaşuvi 500 barobardan ziyodga köpaydi.







