Ğaroyib körinişga ega "Zumvolt" (USS Zumwalt) harbiy kemasi AQŞ harbiy dengiz kuçlarining yangi hujumçi kemasi hisoblanib, Jyeneral Daynemiks (General Dynamics) tomonidan qurib, foydalanişga topşirildi. 

Admiral Elmo Zumvolt şarafiga nomlangan harbiy kema, turli tekşiruv va sinovlardan söng, şu yilning 15 oktabr kuni töliq harbiy navbatçilikka qabul qilinadi. 

Uzunligi 183 metr va siğimi 15,700 tonnalik harbiy kema radarlarga deyarli körinmas va tölqinlarga qarşi tumşuğining ötkir burçakli ekani sabab şovqinsizdir.

AQŞ mudofaa mahkamasi uçun, salkam 3 mlrd dollarga tuşgan Zumvolt, 78 megavatt elektr energiyasi işlab çiqib, elektromagnitli qurollar va boşqa elektr qurollar, kemaga örnatilgan yuqori texnologiyalarni zaruriy energiya bilan ta'minlay oladi. 

Yangi avlod Zumwalt kemasi 100 kilometrdagi nişonga ura oladigan qurollar joylanadi va kemalarga qarşi torpedolardan taşqari, Tomahawk, Sea Sparrow va Standard raketalarini uçiriş uçun 80ta uskuna böladi. 

Ayni vaqtda, Michael Monsoor va Lyndon B. Johnson nomli Zumvolt sinfidagi yana ikkita harbiy kema Maine ştatida barpo etilmoqda. Umuman, şu turdagi 3ta kemaning umumiy qiymati amerikalik soliq tölovçilarga 22.5 mlrd dollarga tuşadi.