Moskvaning "Dinamo" futbol klubi, futbol böyiça Rossiya birinçiligining sönggi turida Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasiga öz uyida 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va klub tarixida birinçi marta quyi divizionga tuşib ketdi.

Öyinda gollarni Artem Dzyuba (59-daqiqa), Aleksandr Kokorin (63) va Domeniko Krişito (90+penaltidan) kiritdi.

Moskva klubi musobaqa jadvalida 25 oçko bilan 15-örinni egalladi.

Sobiq ittifoq va Rossiyaning barça çempionatlarida qatnaşgan "Dinamo" futbol jamoasi eng maşhur va köplab unvonlarga ega klublardan biridir.

Uning hisobida, 11ta SSSR çempionligi bor. Bundan taşqari, u 6 karra SSSR kubogi, bir martadan Rossiya kubogi va SSSR superkubogi sohibi bölgan.