Qozoğistonda yer islohotlari böyiça komissiyaning Ostonada bölib ötgan ikkinçi yiğilişida, şoir Muxtor Şaxanov, ruxsatsiz mitinglar ötkazişga çaqirganlarning qölga olinişi böyiça öz qaraşlarini bildirib ötgan, deb xabar qilmoqda Tengrinews.
«Biz, mamlakatda 40dan ortiq kişi uşlanganidan taşvişdamiz. Fikrimça, bu insonga nisbatan zöravonlikdir. Agar bu holat davom etadigan bölsa, bizning bu yerda töplanişimizdan ne naf?» — degan Şaxanov.
Uning fikriça, bunday salbiy körinişlarga barham beriş lozim. Şaxanovning, nima uçun bu kabi noxuşliklar sodir bölmoqda degan savoliga, majlis qatnaşçisi, boş vazir örinbosari Bakitjan Sagintayev: «Yaxşi, biz sizning savolingizga yana qaytamiz. Hozirça, kun tartibiga muvofiq davom etamiz», - deya javob bergan.
Keyinroq, mamlakat boş prokurori örinbosari Andrey Kravçenko Şaxanov savoliga izoh berib, «Qozoğiston huquq-tartibot organlarining ayrim hatti-harakatlari ba'zi kişilarning noroziligiga sabab bölmoqda. Barça narsaning öz sababi bor. Aytmoqçimanki, huquq idoralarining çoralari qonunbuzarlikning oldini olişga qaratilgan edi», — degan.
Bunda, Kravçenkoning qayd etişiça, 6 maygaça ayrim şaxslarni jiddiy javobgarlikka tortiş böyiça heç qanday çoralar körilmagan. Ammo, keyingi uşlanganlar, miting ötkazişga ruxsat yöqligidan xabardor bölişgan. Ruxsatning mavjud bölişi, miting ötkazişning asosiy şartlaridan biri hisoblanadi.







