Italiyaning "Yuventus" va "Milan" jamoalari Italiya kubogi finali oldidan şaxsan Rim papasining oq fotihasini olişga muvaffaq bölişdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Pontifik 21 mayda final uçraşuvida töqnaş keladigan jamoalar öyinçilari bilan uçraşuvda ularga sportning boş qadriyatlari: uyğunlik, işonç va döstlikka doimo amal qilişlari kerakligi haqidagi sözlar bilan oq yöl tiladi.  

"Siz sportdagi çempionlarsiz, biroq bundan ham ustunroği, siz hayotdagi çempionlarsiz", deb aytdi Frantsisk.

Rim papasi aşaddiy futbol muxlisi bölib, Argentinaning "San-Lorentso" klubiga muxlislik qiladi. Katolik çerkovining rahbari unga butun dunyo futbolçilari taqdim qilgan futbolkalar kolleksiyasiga ega.

Italiya kubogi finali bugun, 21 mayda Rimdagi Olimpico stadionida bölib ötadi.