Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron bugun, 22 may kuni agar Donald Tramp respublikaçilardan AQŞ prezidentligiga nomzod böla olsa, bajonidil u bilan uçraşişini bildirdi. Bu haqda Associated Press xabar qildi. 

Şu bilan birga Britaniya hukumati rahbari Trampning AQŞga kirişni vaqtinçalik taqiq örnatiş taklifiga qöşilmasligini bildirdi. Kemeronning aytişiça, bu ğoya “notöğri va nizo keltirib çiqaradi”. “Bunday narsalarni gapiriş xavfli”, - deya qöşimça qilgan boş vazir. 

Fikrlar qarama-qarşiligiga qaramasdan, u Tramp bilan uçraşuvning yomon jihatini körmayotganini aytdi. 

“AQŞ prezidentligiga nomzodlar odatda Yevropaga, Buyuk Britaniyaga safar uyuştiradi”, - dedi Kemeron. – Agar bu holat uşbu vaziyatda ham amalga oşsa, men faqat xursand bölaman”.