Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Şanhay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) Ipak yöli iqtisodiy kamarining Yevropa iqtisodiy hamkorligi bilan birlaşuv maydoni bölişi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi. 

Bişkek matbuot konferensiyasida Qirğiziston taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uçraşuvdan keyin vazir, “Şunday yöl tutiş lozimki, ŞHT Ipak yöli iqtisodiy kamarining Yevropa iqtisodiy hamkorligi bilan tezkor birlaşuv maydoniga aylansin”, - deya ma'lum qildi. 

Va I rasmiy taşrif bilan 22 may kuni Qirğizistonga kelgan. Qirğizistonlik hamkasbi bilan ular ikki tomonlama munosabatlar hamda aloqalarni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qilişdi. Vazirning aytişiça, bu yölda asosiy yönaliş işlab çiqariş kuçlanişlari, infratuzilma aloqalari, savdo va sarmoya sohalarini rivojlantiriş borasidagi hamkorlik böladi. 

Xitoylik vazir Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan ham uçraşadi.