Xokkey böyiça Finlyandiya terma jamoasi 2016 yilgi jahon çempionatining yarimfinalida musobaqa mezboni Rossiya termasini 3:1 hisobda mağlub etdi. Rossiya safida Sergey Şirokov, Filyandiya safida esa 17 yoşli Sebastyan Axo 2 ta, Yussi Yokinen bittadan şayba kiritganlar.
Şu tariqa finlar finalga çiqişdi. Ular finalda Kanada-AQŞ juftligi ğolibi bilan uçraşişadi. Uçraşuv 22 mayda bölib ötadi. Rossiya esa şu juftlikda mağlub bölgan jamoa bilan 3-örin uçun kuraş olib boradi.

JÇ-2016. Yarimfinal
Finlyandiya – Rossiya – 3:1 (0:1, 3:0, 0:0)
0:1 – Şirokov (Telegin, Marçenko) – 02:52.
1:1 – Axo (Granlund, Lindell) – 25:34 (5x4).
2:1 – Yokinen (Layne) – 35:50.
3:1 – Axo (Koskiranta, Koyvu) – 38:15 (5x4).












