19 may kuni Örta Yer dengizi hududida qulab tuşgan EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 rusumli samolyoti uçuvçisining halokat arafasida olib borgan muloqoti yozuvi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.

Audioyozuvda uçuvçining ovozidan uning xotirjam bölganini biliş mumkin. U yerdagilar bilan vaziyat borasida ma'lumot almaşgaç, dispetçerga xayrli tun tilagan.

Bundan oldinroq, uşbu samolyot halokati tafsilotlarini tekşiriş uçun tuzilgan komissiya rahbari Ayman al-Muqaddam Misr tomoni Parijda uçuvçilarning fransiyalik dispetçer bilan muloqoti yozuvini söragani haqida xabar berilgandi.

Parijdan Qohiraga MS804 reysi orqali uçayotgan layner 19 mayga ötar keçasi Örta Yer dengizi ustidan uçib ötayotgan vaqtda radarlardan yöqolgan edi.

Samolyot bortida 66 kişi bölgan. Misr hukumati ma'lumotlariga köra, ularning barçasi halok bölgan.