EgyptAir aviakompaniyasining 19 may kuni Örta Yer dengizida halokatga uçragan A320 samolyoti bortining taşqi qismiga "Musulmon birodarlar" terroristik guruhi a'zolari 2 yil avval tahdidona sözlar bitişgandi. Bu haqda The New York Times gazetasining elektron versiyasida ma'lum qilingan.
Xabarda yozilişiça, öşanda aeroportning "Musulmon birodarlar" taşkilotiga a'zo bölgan xodimlari tomonidan bortga arab tilida "Biz bu samolyotni qulatamiz" deya yozib qöyilgandi.
Aeroport qöriqçilari bölgan bu xodimlar Misrdagi 2013 yilgi siyosiy talatöplar vaqtida Muhammad Mursiyning hokimiyatdan çetlatilişi vaqtida uning tarafdori bölişgan.
Bu voqeadan keyin EgyptAir aviakompaniyasi terrorçi taşkilot a'zosi ekani aniqlangan bir qator xodimlarini işdan böşatgan. Bunday holat boşqa aviakompaniyalarda ham röy bergan.
Naşr xabarida yozilişiça, EgyptAir aviakompaniyasining har bir reysida xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida 2 nafardan qöriqçi uçgan. Halokatga uçragan A320 bortida esa bunday xodimlar soni 3 nafar edi. Bu safar xavfsizlik me'yorlari kuçaytirilgani sababiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib ötamiz, MS804 reysi bilan Parijdan Qohiraga uçayotgan EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti 19 may tongida Örta Yer dengizi ustida radarlardan ğoyib bölgan edi. Uning bortida 66 kişi bölgan. Keyinroq dengizdan samolyot bölaklari topildi.
Musulmon birodarlar taşkiloti. Dose
Musulmon birodarlar taşkiloti - ("al-Ixvon al-muslimun") — diniy- siyosiy taşkilot. 1928 yili Misrning Ismoiliya şahrida 22 yoşli öqituvçi, keyinçalik şayx Hasan al-Banno (1906—1949) tomonidan tuzilgan. Uning siyosiy qaraşlari Muhammad al-Ğazzoliy, Muhammad Abdu, Jamoliddin al-Afğoniy, Raşid Rizo kabi panislomiy modernistlarning ta'sirida şakllangan. U islomning sunniylik oqimi ta'limotidan çetga çiqmagan holda "jihod", "islomiy milliyatçilik", "islomiy davlat" konsepsiyalarini işlab çiqqan. Sayyid Qutb, Mustafo as-Siboi taşkilotning taniqli mafkuraçilari bölgan. Sayyid Qutbning "Islomda ijtimoiy adolat" asari uyuşma ta'limotining şakllanişiga katta ta'sir körsatdi. Taşkilotning maqsadi musulmon ölkalarda "islomiy adolat" tamoyillariga asoslangan jamiyat barpo etişdan iborat. Bunga esa "islomiy taraqqiyot yöli" bilangina erişiş mumkin. "Musulmon birodarlar" mafkurasining ğoyaviy asosini "islom faqatgina diniy e'tiqod bölmasdan, balki mukammal dunyoqaraş hamda ijtimoiy tuzumdir", degan aqida taşkil etadi. "Musulmon birodarlar" murakkab tuzilmali, harbiylaşgan bölimlarni öz içiga olgan. Misrdan boşqa mamlakatlar (Suriya va Livan)da ham bölimlari bor. Uning faoliyati keng ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan bölsada, taşkilot a'zolari talaba-yoşlarni özlarining asosiy zarbdor kuçi deb hisoblagan.
"Musulmon birodarlar" xayr-ehson qiliş va ma'rifatçilik faoliyatidan (1928—1936) to siyosiy hayotda terror metodini keng qöllaşda faol iştirok etişgaça bölgan murakkab taraqqiyot yölini bosib ötdi. 1930-yillarning örtalaridan xalifalik şaklidagi "islomiy davlat" quriş ğoyasi tarğibotiga zör bera boşladi. Hasan al-Banno vafotidan söng "Musulmon birodarlar" faoliyati yanada siyosiylaşib bordi. Natijada u 3 yönalişga bölinib ketdi: "mö'tadil birodarlar" (asosan, Hasan al-Banno va Sayyid Qutb izdoşlari); "islomiy demokratlar" "islomiy sotsializm" ta'limotining turli körinişlari tarafdorlari; harbiylaşgan ekstremistik islomiy taşkilotlar ("Katoib Muhammad", "Junud Alloh", "at-Takfir va-l-hijra", "at-Tahrir al-islomiy"). "Hizb ut-tahrir al-islomiy" diniy-siyosiy partiyasi ham şular jumlasiga kiradi.
1954 yili taşkilot a'zolari Misr prezidenti Jamol Abdulnosir hayotiga suiqasd uyuştirdi va taqiqlangan taşkilotlar röyxatiga kiritildi.
"Musulmon birodarlar" uyuşmasi bölinişi tufayli yagona taşkilot sifatini yöqotdi va 1950-yillardan "Musulmon birodarlar" harakati ("al-Ihvoniyya") deb yuritila boşladi. Şu davrdan boşlab "Musulmon birodarlar" harakati ekstremistik faoliyati uçun faqat Misrda emas, balki boşqa davlatlarda ham ğayri qonuniy deb e'lon qilindi va man etildi.
"Musulmon birodarlar" harakati Misr, Suriya, Iordaniya va Livanda faoliyat körsatib, bu mamlakatlardagi siyosiy jarayonlarga katta salbiy ta'sir körsatmoqda. "Musulmon birodarlar"ning birinçi jurnali "al-Ihvon al-muslimun" 1933 yildan naşr etila boşlagan. 1980-yillardan boşlab "ad-Da'va" ("Da'vat") jurnali "Musulmon birodarlar"ning asosiy naşriga aylandi.
Taşkilot faollari 2011 yili 30 yil davom etgan Husni Muborak hukumatiga qarşi 18 kunlik norozilik çiqişlari ötkazişdi. "25 yanvar inqilobi"dan keyin, 2011 yili 11 fevral kuni noroziliklar şiddat olişi natijasida Muborak mamlakat prezidentligidan iste'fo berdi.
Namoyişçilar vakili Muhammad Mursiy 2012 yili ötkazilgan parlament saylovlarida ğalaba qozongan.







