Saudiya Arabistoni öta boy mamlakat hisoblansada, uning poytaxti – Ar-Riyod şahrida haligaça jamoat transporti tizimi mavjud emas. Bu muammoni 2018 yil oxirigaça hal qiliş rejalaştirilgan. Şu muddatga qadar hukumat aholi ehtiyojini töliq qondira oladigan ulkan şahar transport tarmoğini yölga qöyiş niyatida.
Rejaga köra, jami 6ta tarmoqqa joylaşadigan 85ta metro stansiyasi quriladi. Ularning umumiy uzunligi taxminan 177 kilometrni taşkil etadi. Metro bilan bir paytda şahar avtobuslari ham harakatlana boşlaydi. Loyiha 2012 yilda tatbiq etilgan. Öşa yili prognozlarga köra, 2035 yilga borib poytaxt aholisi 50 foizga köpayişi va 8 million nafardan ortişi aniqlangandi.

Transport tizimi qurilişi ustida bir neça pudratçilar mehnat qilmoqda. Ularning tan olişiga köra, bu ularning eng yirik loyihalari hisoblanadi. Tizim qurilişida Saudiya Arabistoniga asos solgan qirol şarafiga nomlangan Mnifa maxsus burğulaş maşinalari qöllanmoqda. Uskunalarning oğirligi 1000 tonnadan ortiq. Har bir maşina yer osti tunnelini qaziş barobarida haftasiga 100 metr tezlikda tunnellarning ustiga beton plitalar yotqizadi.
Hammasi tayyor bölganda metro liniyalari böylab Siemens kompaniyasi tomonidan yaratilgan avtomat rejimda harakatlana oladigan poyezdlar yölga tuşiriladi. Ularni maşinistlar ham boşqarişi ham mumkin. Vagonlar va stansiyalar konditsionerlar hamda Wi-Fi nuqtalari bilan boyitiladi. Transport tizimi sarf etadigan quvvatning örtaça 20 foizi quyoş elektrostansiyalaridan yetkaziladi.








