Germaniyaning Bayer kimyoviy konserni Amerikaning Monsanto korporatsiyasini xarid qiliş uçun 62 mlrd AQŞ dollari taklif etdi. Monsanto gerbitsidlar va qişloq xöjaligi ösimliklarining irsiy modifikatsiyalangan uruğlarini yetkaziş bilan şuğullanadi, deyiladi Germaniya kompaniyasi xabarida. Mabodo mazkur bitim amalga oşgudek bölsa, agrobiznesning uşbu sohasida jahonning eng yirik işlab çiqaruvçisi paydo böladi.
Bayer kompaniyasi Monsantöning har bir aksiyasiga naqd pul körinişida 1,22 dollardan taklif etgan. Bu Amerika kompaniyasining ötgan hafta sönggidagi birja narxidan 20 foizga köp demakdir, deb qayd etmoqda Bloomberg agentligi.
Monsanto yigirma yillar muqaddam, makkajöxori va soyaning irsiy modifikatsiya qilingan uruğlarini sota boşlagan edi. Bugungi kunga kelib, uning mahsulotlaridan AQŞ fermerlarining aksariyati foydalanadi. Kompaniya, şuningdek, Lotin Amerikasi va Hindistonga ham öz mahsulotini yetkazib beradi.
2014 yili Monsanto Şveytsariyaning Syngenta uruğçilik kompaniyasini 43,7 mlrd dollarga xarid qiliş böyiça muzokaralarni boşlagan, ammo yakuniy bitimga erişolmagandi.
2015 yili Syngenta uning şartlarini rad etgaç, Monsanto öz niyatlaridan voz keçgan edi. 2016 yil fevralida esa, Xitoy milliy kimyoviy korporatsiyasi (China National Chemical Corp.) Syngenta’ni 43 mlrd dollardan köproq haq evaziga xarid qiliş böyiça bitimga erişgandi.







