«Braga» jamoasi Portugaliya Kubogi finalida «Portu» bilan kuç sinaşdi va penaltilar seriyasida ğalaba qozondi.
Lissabondagi Milliy stadionda keçgan öyinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangaç, boşlangan penaltilar seriyasida «Braga» 4:2 hisobida ustun keldi va sovringa ega çiqdi.
Şu tariqa, «Braga» öz tarixida ikkinçi marta Portugaliya Kubogini qölga kiritdi. Jamoa bundan 50 yil avval, 1966 yili birinçi sovringa ega çiqqandi.
Portugaliya Kubogini qölga kiritiş böyiça rekordçi jamoa «Benfika» hisoblanadi (25 marta).
Keyingi mavsumda Paulu Fonseki boşqaruvidagi jamoa Yevropa Ligasida iştirok etadi.
Portu (Portu) – Braga (Braga) – 2:2 (2:4)
Gollar: Fonte, 12 (0:1); Jozue, 58 (0:2); Silva, 61 (1:2); Silva, 90+1 (2:2).
Ogohlantirişlar: Silva, 87 – Pintu, 87; Marafona, 102; Mauro, 114.
Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravişda xabardor böliş uçun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo böling.







