«Barselona» jamoasi boş murabbiyi Luis Enrike hozirça keyingi mavsumda asosiy tarkibda qaysi darvozabonni öynatiş masalasini hal qilib olmaganini bildirib ötdi. U Klaudio Bravo va Marka-Andre ter Ştegenning birini tanlaşda qiynalmoqda. Joriy mavsumda jamoaning Ispaniya çempionatidagi uçraşuvlarida darvozani Bravo qöriqladi, ter Ştegen esa Kubok öyinlari hamda YeÇLda maydonga tuşirildi.

«Biz qanday qiliş mumkin bölsa, şunday qildik. Lekin men keyingi mavsumda bu borada qanday yeçim topişni hal qilib olmadim. Futbolda barçasi tez rivojlanadi. Köramiz, voqealar rivoji qanday tus olarkan», — deya Luis Enrikening sözlarini keltirali AS.

Bundan oldinroq, mahalliy naşrlarda ter Ştegen özining jamoadagi örnidan qoniqmayotgani va yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etmoqçiligi haqida xabarlar paydo bölgandi.