Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Yevroittifoqning muhojirlik inqirozini nazorat qiliş pozitsiyasini tanqid qildi. Bu haqida u The Guardian'dagi maqolasida ma'lum qilgan.
Erdöğanning ta'kidlaşiça, dunyoning boşqa davlatlariga qaraganda eng köp qoçoqlarni qabul qilgan va gumanitar ehtiyojlarga yalpi içki mahsulotning katta qismini sarflagan Turkiya sayyoradagi eng "saxiy" mamlakatdir.
Uning fikriça, xalqaro hamjamiyat bu masalani uzoq vaqt bee'tibor qoldirgan va terrorçilarning Yevropa mamlakatlaridagi hujumlaridan keyingina unga diqqatini qaratgan. Agar dunyo jamoatçiligi Suriya bilan boğliq mojarolarga ularning dastlabki bosqiçlarida aralaşganda edi, köplab muammolarni çetlab ötişning imkoni bölardi.
Endi, deb yozadi Erdöğan, Yevropa qoçoqlar masalasini hal qiliş vazifasi böyiça Turkiyaning mas'uliyatini taqsimlaşiga töğri keladi. Buning uçun u Bryussel va Anqara örtasida mart oyida imzolangan muhojirlik bitimiga muvofiq yuridik mexanizmlarni hamkorlikda işlab çiqişni taklif qilmoqda.
Bundan taşqari Turkiya rahbari Suriya prezidenti Başar Asadning rejimini qulatişga çaqirdi. Uning fikriça, bu mamlakatda demokratiyani joriy etişning zarur şartidir.







