The Huffington Post gazetasining yozişiça, Hindistonda kun böyi quyoşning kuydiruvçi nuri ostida boğlanib turgan tuya öz egasining boşini tişlab olgan. Hodisa mamlakatning janubi-ğarbiy Rajastxon ştati Barmer şahrida yuz bergan.

Hovliga boğlab qöyilgan jonivor 43 darajali jaziramada kun böyi turgan. The Times of India naşrining oydinlik kiritişiça, tuyaning egasi, mehmonlar bilan bölib, uni böşatişni unutgan va kutilmaganda bu yodiga kelgan. 

Şundan söng, erkak kişi tuya yoniga kelganida hayvon uning böynidan tişlab yerga ağdargan. Guvohning sözlariga köra, tuya, egasining tanasini u yoqdan bu yoqqa irğitgan, tepkilagan. Alaloqibat, uning hujumi fojia bilan yakun topgan. Tuya öz egasining boşini uzib olgan.

Xabar qilinişiça, 25 nafar mahalliy aholi vakili tuyani tinçlantiriş uçun 6 soat vaqtini sarf etgan. 

Ötgan hafta juma kuni 20 mayda Rajastxon ştatida eng yuqori harorat qayd etilgan edi. Öşa kuni harorat Tselsiy şkalasi böyiça 51 darajagaça kötarilgan. Bu Hindiston meteorologiya kuzatuvlari tarixidagi eng issiq kun sifatida qayd etildi. 

Ta'kidlaş joizki, sönggi oylarda Hindistonda anomal jazirama hukm surmoqda. Ba'zi şimoliy ştatlarda bir neça haftalar mobaynida harorat körsatkiçi 40 darajadan pasaygani yöq. Meteorologlarning taxmin qilişlariça, iyun oyi örtalarida boşlanadigan yomğir mavsumi bilan jazirama havo çekinadi.