Qirğiziston Milliy banki dollar sotib oliş orqali şu oyda birinçi marta valyuta bozori holatiga ta'sir etdi. Bu haqda duşanba kuni respublika asosiy moliyaviy sozlagiç ma'lumotiga asoslanib TASS xabar qildi. 

“Kelişuvning umumiy qiymati 1,5 million dollarni taşkil etdi”, - deyiladi hujjatda.

Köpçilik ekspertlarning fikriça, bank tomonidan bunday çoralar qirğiz sömiga nisbatan dollar kursi pasayişini sekinlaştiriş uçun amalga oşiriladi. Şunga qaramay, respublikada Amerika valyutasi arzonlaşda davom etmoqda. Yil boşidan buyon dollar kursi 75 sömdan 68 sömga tuşib qoldi. 

Umumiy hisobda, yil boşidan buyon Qirğiziston Milliy banki valyuta bozoridan 110,1 million dollar sotib oldi. Biroq yanvar oyida aksinça vaziyat kuzatildi: qirğiz sömi almaşuv kursini mö'tadillaştiriş uçun bank 65 million dollar sotişga majbur bölgandi. 

Rasmiy ma'lumotlarga köra, ötgan yili qirğiz sömi dollarga nisbatan 28,9 foizga arzonlagan. Şu davr mobaynida Milliy bank 373,2 million dollar sotişga töğri kelgan. Qirğiziston Milliy banki zaxirasi 1,85 milliard dollar atrofida.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravişda xabardor böliş uçun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo böling.