GTSpirit portalida köp profilli USM Holdings xoldingi aksioneri, rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning Germaniyada yangi yaxta sotib olgani haqida ma'lumot berildi. Unga köra, 156 metr uzunlikdagi bu yaxta 600 mln dollar evaziga xarid qilingan.
Yaxta Bremendagi Lurssen nomli kemasozlik bilan şuğullanuvçi kompaniya tomonidan qurilgan. Yaxtaning qurilişi bir neça yil davom etgan va u bir neça oy davomida dengizda sinovdan ötkazilgaç, Usmonovga topşirilgan.
Rossiyalik milliarder bu yaxtaga onasi şarafiga "Dilbar" nomini bergani aytilgan. Yaxta 21 may kuni Germaniyadagi portni tark etgan.
Ma'lum qilinişiça, bu yaxtaga jami 120 kişi joylaşadi: 40 nafar mijoz va 80 nafar ekipaj a'zolari. Kema dizayni bilan Monakodagi Espen Oeino byurosi şuğullangan.
Ma'lumot uçun, Usmonov 2008 yilda ham qimmatbaho yaxtaga ega bölgandi. Birinçi yaxta narxi 100 mln yevrodan 200 mln yevrogaça bölgani aytilgan.







