Saudiya Arabistoni içki işlar vazirligi mamlakatda ekstremizmga qarşi kuraşning noyob usulini öylab topdi. Vazirlik «Ekstremizmga qarşi karikatura» tanlovini e'lon qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Uşbu milliy tanlovda professional karikaturaçilar bilan birga mamlakatning istalgan hududida istiqomat qiluvçi va karikatura çiziş hobbisi bölgan har qanday kişi qatnaşişi mumkin. Uni ötkazişdan maqsad, ekstremistik ğoyaning xavfli ekanini keng ommaga bildirişdir», — degan vazirlikning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça boş direktori Muhammad bin Abdulloh al-Marul.
Uning qayd etişiça, mazkur tanlov Saudiya Arabistoni karikaturaçilar va multiplikatorlari jamiyati bilan hamkorlikda ötkaziladi.







