Toyota kompaniyasi hamda amerikalik ixtiroçi va Segway giroskopli elektron samokati muallifi Din Keymenning DEKA firmasi iBOT nogironlar aravaçasining ikkinçi avlodini yaratiş uçun öz imkoniyatlarini birlaştirişdi. Bu haqida Paralyzed Veterans of America xayriya taşkilotining 70-konferensiyasida ma'lum qilindi.
Kompaniyalar anons bilan birgalikda iBOT 2 aravaçasining prototipini çop etişdi. Toyota'ning vazifasi nimadan iborat hamda yangi nogironlar aravaçasining qaçon sotuvga çiqişi noma'lum. 2014 yilda Keymen kresloning yangiça körinişi ikki yil içida tayyor bölişini e'lon qilgan.

2000 yillarning boşlarida Keymen iBOT'ni ixtiro qilgan. Aravaça giroskoplar, köplab elektron boşqaruvlar va ustma-ust joylaşgan ikki juft ğildirakka ega ekanligi bilan ajralib turardi. Ğildiraklar öz holatini özgartirib, nogironlarga zinadan çiqiş imkonini yaratar edi. 25 ming dollarga baholangan iBOT sotuvi tanazzulga uçradi va Keymen yangi avlod kreslosini işlab çiqişga kirişdi.
2016 yilda BMW kompaniyasi AQŞ paralimpiya jamoasi uçun poyga aravaçasini tayyorladi. Atletlar undan sentabrda Rio-de-Jyeneyroda bölib ötadigan öyinlarda foydalanişadi.








