Toşkentdagi yirik mehmonxonalardan birida ötkazilgan qabulda davlat taşkilotlari rahbarlari, jamoat taşkilotlari, elçixona rahbarlari va Özbekistondan akkreditatsiyadan ötgan boşqa xorijiy vakillar, şuningdek, OAV hamda Ozarbayjon diasporasi vakillari iştirok etdi. Tadbirda Özbekiston hukumati nomidan boş vazir örinbosari Adham Ikromov qatnaşdi.

Ozarboyjonning Özbekistondagi elçisi Gusen Guliyev mamlakat BMT a'zosi,  Betaraflik harakati, Islom hamkorlik taşkiloti, Yevropa Kengaşi va BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy bölmagan a'zosi sifatida jahonda öz örniga ega ekanligini alohida ta'kidladi.

Guliyev Ozarbayjon va Özbekiston munosabatlariga töxtalar ekan, özaro hamkorlik dinamik körinişda, samarali va  strategik tamoyillarga asoslangan holda davom etayotganiga alohida töxtalib ötdi.

Tadbir doirasida ikki tomon hamkorligini izçili yoritib borayotgan özbekistonlik jurnalist va tarjimonlar qimmatbaho sovğalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanişdi.