Kaliforniyada AQŞ Geologiya xizmati va Deniel Şerer ismli baliqçi örtasida noodatiy sud jarayoni bölib ötdi, deb xabar beradi Arstechnica.uk.
Joriy yilning 15 yanvarida baliqçi kemasining yonidan ilmiy qalqi (poplavok) suzib ötdi va u kema vintlariga zarar yetkazdi. Buning natijasida kema tört kunga işdan çiqdi. Şerar qayqini tutib olib, "uni asirlikka oldi" hamda yetkazilgan zarar qoplangandan keyingina qurilmani Geologiya xizmatiga topşirişini ma'lum qildi. Kemani ta'mirlaş işlarini Şerar 13 ming dollarga baholadi.
Unga javoban Geologiya xizmati sud orqali qalqini qaytarişni va 115 ming dollar miqdoridagi tovon pulini tölaşni talab qildi. Şerar kemani qayta ta'mirlaşga kerakli mablağni olgandan keyingina qalqini istagan vaqt berib yuborişini bildirdi. Natijada 24 may kuni ilmiy qurilma Geologiya xizmatiga qaytarildi, biroq baliqçi talab qilingan tovon pulini olganiça yöq.
"Ular menga sudda ğalaba qozoniş va tovon puli tölamaslik uçun davlatning puli yetarliça ekanligini aytişdi", - deya ma'lum qildi Şerer.







