Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels ştati hukumati Beytmen-Bey şahrida hududga juda köp miqdorda körşapalaklar uçib kelgani munosabati bilan favqulodda holat joriy etdi.

Mahalliy aholi vakillarining tasdiqlaşiça, ular çidab bölmas darajadagi turli şovqinlar va najosat hidini sezişgan.

Ştat hukumati körşapalaklarni boşqa hududga jönatiş işlari uçun 1,4 mln dollar ajratgan.

Zoologlarning aytişiça, körşapalaklarni Beytmen-Beydagi gullar isi öziga jalb qilgan bölişi mumkin.

Avstraliyada körşapalaklar nozik sut emizuvçilar hisoblanadi.

Biologlarning tasdiqlaşiça, bu jonivorlar ösimliklarning çanglaniş jarayonida muhim vazifalarni bajaradi.